Rabotine mudofaasidagi tankchilar va frontdagi dron ovchilari. Urush suratlari

Jahon 17:47 / 19.04.2024 8510

Ukrainada urushning 785-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Polshada RF maxsus xizmatlari bilan hamkorlik qilishda gumonlanuvchi shaxs ushlandi. Tergov versiyasiga ko‘ra, u Zelenskiyga suiqasd uyushtirishda yordamini taklif etgan.
  • RF mudofaa vazirligi havo hujumidan mudofaa kuchlari tun davomida uchta region hududida 45 ta dron, snaryadlar va raketalarni urib tushirgani haqida ma’lum qildi. Jabrlanganlar bor.
  • Yevropa Markaziy banki rahbari AQShning RFning muzlatilgan aktivlaridan foydalanish bo‘yicha tashabbusida xalqaro huquqni buzish xavfi borligini ma’lum qildi.
  • Ukraina Germaniyada kuch bilan olib ketilgan 161 nafar bola borligini ma’lum qildi. Nemis politsiyasi aniqlik kiritishicha, ularning deyarli barchasi qochqinlar sifatida kelgan.
  • Germaniyada Rossiya foydasiga ishlashda gumonlanayotgan ikki shaxs qo‘lga olindi, ular Ukrainaga qurol yetkazib berishga xalal berishga harakat qilishgan.

Ukraina qurolli kuchlarining dronlar bilan kurashuvchi mobil o‘t ochish guruhi 

Rossiya qo‘shini Ukraina hududiga havodan muntazam ravishda zarbalar bermoqda. Xususan, Ukraina QK havo kuchlari ma’lumotiga ko‘ra, 19 aprelga o‘tar kechasi RF qo‘shini turlicha 22 ta raketa hamda 14 ta dron bilan hujum qilgan. Rossiya zarbalarini qaytarishda boshqa vositalar qatori dronlar bilan kurashishga ixtisoslashgan mobil o‘t ochish guruhlari ham harakat qilmoqda. Quyida shunday guruhlardan birining faoliyati aks etgan suratlar keltiriladi.

Mobil o‘t ochish guruhi jangchilari ZU-23-2 mobil zenit artilleriya qurilmasidan rossiyaliklar dronini o‘qqa tutmoqda
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
ZU-23-2 qurilmasi 1960 yilda SSSRda pastlab o‘tuvchi nishonlarga qarshi kurashish uchun ishlab chiqilgan va keyinchalik bir necha bor takomillashtirilgan
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
ZU-23-2 va uning modifikatsiya variantlari SSSRda ham, dunyoning boshqa mamlakatlari, masalan Polsha, Bolgariya, Chexoslovakiya, Xitoy va Finlandiyada ham ishlab chiqarilgan.
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
Ukraina qurolli kuchlarida bunday zenit qurilmalarning zaxiralari mavjud, bundan tashqari, modifikatsiya qilingan ZU-23-2 qurilmalarini Ukrainaga Polsha va Finlandiya kabi ittifoqchilar yetkazib beradi. Ukrainaga bosqin davomida Rossiya qo‘shini ham bunday qurilmadan foydalangan.
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images

Zaporijjya oblastidagi ukrain tankchilari

Ukraina qurolli kuchlarining 65-alohida mexanizatsiyalashgan brigadasi Rabotine hududini mudofaa qilishda davom etmoqda — Zaporijjya oblastidagi bu posyolka 2023 yil avgust oyi oxirida ukrain qo‘shini tomonidan ozod etilgandi

Rossiya qo‘shini aprel oyi o‘rtalarida Rabotinega hujumlarni qaytadan boshladi
Andriy Andriyenko / AP / Scanpix / LETA
Rabotine janglar vaqtida butkul vayron bo‘lgan. 65-brigadaning mexanik haydovchilari, bo‘linmaning feysbukdagi sahifasida yozilishicha, ularning Belgiya tomonidan berilgan YPR-765 jangovar piyodalar mashinasi (BMP) Rabotinedagi yagona «marshrutka» ekanini aytib hazil qilishadi.
Andriy Andriyenko / AP / Scanpix / LETA
Andriy Andriyenko / AP / Scanpix / LETA

Kuraxovodagi vayrongarchilik

Kuraxovo shahri yanvar oyida Rossiya qo‘shini tomonidan egallab olingan Maryinka shahridan 15 kilometr masofada joylashgan. Kuraxovo muntazam ravishda o‘qqa tutiladi. Avvallari 20 ming atrofida odam yashagan shahar qariyb to‘liq vayron bo‘lgan. Mahalliy rasmiylar front chizig‘i yaqinidagi aholi yashash manzillarida yashovchilardan nisbatan xavfsiz joylarga ketishni so‘rab keladi. Kimnidir bunga ko‘ndirishadi ham. Donetsk oblasti rahbari Vadim Filashkin 16 aprel kuni bergan xabarga ko‘ra, 49 kishi evakuatsiya qilindi, ular orasida Kuraxovo aholisi vakillari ham bor, ammo o‘z uyini tark etishni istamayotganlar ham bor.

Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA

Limandagi hayot

Okkupatsiya qilingan Donetskdan taxminan yuz kilometr shimolda joylashgan Liman shahri 2022 yil may oyi oxirida RF qo‘shini tomonidan egallab olingandi. O‘sha yilning 1 oktyabr kunida ukrain harbiylari qarshi hujum davomida shaharni ozod etishadi. Rossiya qo‘shini Donetsk oblastini to‘liq egallash harakatlarini davom ettirmoqda. Takroriy okkupatsiya xavfi mavjudligi va shahar janglar vaqtida kuchli darajada shikastlanganiga qaramay, Limanda qolgan aholi vakillari o‘z uylarini tark etishni istamayapti. Quyida front bo‘yidagi shahar hayoti aks etgan suratlar.

86 yoshli Lyubov — Limandagi ko‘p kvartirali uylardan birida qolgan yagona odam
Wojciech Grzedzinski / Anadolu / Getty Images
Vayron bo‘lgan binoda elektr va kanalizatsiya yo‘q, Lyubov quyosh batareyasidan foydalanadi, uy atrofidagi o‘ra hojatxona vazifasini o‘taydi
Wojciech Grzedzinski / Anadolu / ddp / Vida Press
Barcha yaqinlari halok bo‘lgan Lyubov Limandan ketishdan bosh tortgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, boradigan joyi yo‘q va oila a’zolari dafn etgan joyda o‘lishni istaydi
Wojciech Grzedzinski / Anadolu / ddp / Vida Press
Wojciech Grzedzinski / Anadolu / Getty Images
Sergey — rasmiylar xavfsiz joylarga ketishga to‘xtovsiz undashiga qaramay, Limanda qolganlardan biri
Wojciech Grzedzinski / Anadolu / ddp / Vida Press
4 yoshli Liza yarim vayrona holatdagi bolalar maydonchasida o‘ynamoqda. Jurnalist Endryu Harding Limanda tayyorlagan va fevral oyida BBC News nashrida e’lon qilingan reportajida shaharda bir necha yuz nafar bola borligi haqida yozgandi. Maktab o‘quvchilari uchun darslar masofadan olib borilmoqda, ammo ularda sinfxonalarda yig‘ilish imkoniyati ham bor. O‘shanda jurnalist bilan gaplashgan bolalar o‘zlarida «kerakli barcha narsalar borligi»ni va yangi hayot tarziga ko‘nikishgani, buni «normal» deb hisoblashlarini aytishgan
Wojciech Grzedzinski / Anadolu / ddp / Vida Press

Horlivka o‘qqa tutilishi oqibatlari

Ukrainaning Donetsk oblastidagi Horlivka shahrini nazorat qiluvchi o‘zini o‘zi e’lon qilgan DXR rasmiylari muntazam ravishda Ukraina qurolli kuchlarini ushbu aholi yashash manzilini o‘qqa tutishda ayblab keladi. Xususan, 18 aprel kuni DXR rahbari Denis Pushilin shahar markazi ukrainalik harbiylar tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida shifoxona hamda qon quyish markazi binolari shikastlangani, sakkiz kishi jarohatlangani haqida ma’lum qilgan. Rossiya Tergov qo‘mitasi Horlivka o‘qqa tutilishi bo‘yicha tekshiruv olib borilayotgani, «ro‘y bergan hodisa tafsilotlarini aniqlash» va «barcha aloqador shaxslarning harakatlariga huquqiy baho» berilishi haqida xabar bergan.

Horlivkadagi qon quyish stansiyasida 18 aprel kungi zarbadan keyin xarobalarni tozalash ishlari
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Qon quyish stansiyasi xodimi zarbadan keyin omon qolgan hujjatlarni yig‘ishga harakat qilmoqda
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Qon quyish stansiyasida 18 aprel kungi zarbadan keyingi holat
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Ko‘proq yangiliklar: