Toshkentda avtomobil bilan to‘qnashgan skuter haydovchisi shifoxonaga olib ketildi

Jamiyat 10:50 / 17.04.2024 4459

Joriy yilning 17 aprel kuni soat 04:00 larda Uchtepa tumani Katta Xirmontepa-Shirin ko‘chalari kesishmasida yo‘l-transport hodisasi qayd etildi.

Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, 2002 yilda tug‘ilgan haydovchi Z.A. boshqaruvidagi NJA rusumli avtomashina hamda 2004 yilda tug‘ilgan haydovchi O.E. boshqaruvidagi skuter to‘qnashuvi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH oqibatida skuter  haydovchisi O.E. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: