Fanlar bo‘yicha jahon universitetlari reytingi e’lon qilindi
Reytingning yuqori pog‘onalarini, o‘tgan yilgidek, asosan Amerika va Britaniya universitetlari egalladi.

Foto: Getty Images
Quacquarelli Symonds (QS) agentligi jahon universitetlarining fanlar bo‘yicha reytingini e’lon qildi. Ro‘yxatga jami 1559 ta ta’lim muassasasi kiritilgan.
Reytingning yuqori pog‘onalarini, o‘tgan yilgidek, asosan Amerika va Britaniya universitetlari egalladi.
Jumladan, san’at va gumanitar fanlar bo‘yicha Harvard universiteti (AQSh), Kembrij universiteti (Buyuk Britaniya) va Oksford universiteti (Buyuk Britaniya) eng yaxshi deb topildi.
Injyeneriya va texnologiyalar bo‘yicha Massachusets texnologiya instituti (AQSh),
Stenford universiteti (AQSh) va Oksford universiteti (Buyuk Britaniya) yuqori uchtalikka kirdi.
Hayot va tibbiyot fanlari bo‘yicha Harvard universiteti (AQSh), Oksford universiteti (Buyuk Britaniya) va Jon Hopkins universiteti (AQSh) reytingning yuqori pog‘onalaridan joy oldi.
Tabiiy fanlar bo‘yicha Harvard universiteti (AQSh), Massachusets texnologiya instituti (AQSh) va Oksford universiteti (Buyuk Britaniya) peshqadam bo‘ldi.
Ijtimoiy fanlar va menejment bo‘yicha Harvard universiteti (AQSh), Oksford universiteti (Buyuk Britaniya) va Stenford universiteti (AQSh) eng yaxshi deb topildi.
Mavzuga oid

16:36 / 24.01.2025
Diplomi O‘zbekistonda tan olinadigan dunyo oliygohlari ro‘yxati e’lon qilindi

17:16 / 23.01.2025
Qozog‘iston o‘rtacha maosh miqdori bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchi deb topildi

16:29 / 22.01.2025
O‘zbekistonda Cyber university davlat universiteti tashkil etiladi

14:57 / 18.01.2025