Elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaliklari aniqlandi

O‘zbekiston 08:30 / 17.04.2024 3753

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Farg‘ona viloyati Quva tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruvlar o‘tkazilgan.

Ularda “M.E.”, “S.R.” va “I-Z.” fermer xo‘jaliklari mas’ul shaxslari dala maydonlariga o‘rnatilgan suv nasoslarini hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 358,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: