O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 15 aprel kuni Toshkentda Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri, shahzoda Faysal bin Farxon Ol Saud bilan uchrashdi.
“Saudiya Arabistoni podshohligi tashqi ishlar vaziri shahzoda Faysal bin Farxon Ol Saud hazrati oliylari bilan ko‘rishganimizdan mamnunmiz. O‘zbekiston Respublikasi bilan Saudiya Arabistoni podshohligi o‘rtasida ko‘p qirrali hamkorlik va keng qamrovli sheriklik munosabatlarini amaliy boyitishga alohida e’tibor qaratdik”, deya ma’lum qildi Baxtiyor Saidov.
Muloqotdan mintaqaviy kun tartibi va ko‘p tomonlama platformalar doirasidagi o‘zaro hamkorlik masalalari ham o‘rin oldi.
Diplomatik va maxsus pasport egalarini o‘zaro qisqa muddatli viza talablaridan ozod etish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim imzolandi.