Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G7 davlatlari yetakchilari Eronning Isroilga hujumini qoraladi
Dunyoning qudratli davlatlari yetakchilari Yaqin Sharqdagi mojaro tomonlarini bosiqlikka chaqirib, Tehronning harakatlarini qoraladi.

Foto: Amir Cohen/REUTERS
«Yettilik guruhi» G7 davlatlari yetakchilari Eronning Isroilga hujumini «aniq va qat’iy» qoralaydi. Bu haqda 14 aprel, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilish yakunlari bo‘yicha qabul qilingan qo‘shma bayonotda aytilgan.
«Biz Isroil va uning xalqiga to‘liq birdamlik va qo‘llab-quvvatlashimizni bildiramiz hamda xavfsizligiga sodiqligimizni yana bir bor tasdiqlaymiz», — deyiladi bayonotda. G7 davlatlari rahbarlari Eronni mintaqani beqarorlashtirish choralarini ko‘rayotganlikda aybladi va Tehron «nazorat qilib bo‘lmaydigan mintaqaviy keskinlashuvni keltirib chiqarishi xavfi bor» deya ta’kidlab, buning oldini olish kerak, deb ma’lum qildi.
«Yettilik guruhi» davlatlari vaziyatni barqarorlashtirish va keskinlashuvning oldini olish bo‘yicha ishlarni davom ettirishni rejalashtirmoqda. Ular Eron va «uning yordamchilari»dan hujumlarni to‘xtatishni talab qildi. Ular, shuningdek, G‘azo sektoridagi inqirozga barham berish, «zudlik bilan va barqaror» o‘t ochishni to‘xtatish va HAMAS harakati tomonidan garovga olinganlarni ozod qilishga intilish niyatida ekanini ta’kidladi.
BMT bosh kotibi: Dunyo yana bir urushni boshidan kechira olmaydi
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish ham Eronning Isroilga hujumini qoraladi. «Na mintaqa, na dunyo yana bir urushni boshidan kechira olmaydi», dedi u va «bu harbiy harakatlarni zudlik bilan to‘xtatishga» chaqirdi. Guterrishning ta’kidlashicha, gap Isroilga «keng ko‘lamli hujum» haqida ketyapti.
Eronning Isroilga hujumi
14 aprelga o‘tar kechasi Eron Isroilga havodan katta hujum uyushtirdi. Isroil mudofaa kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, 170 ta dron, 120 dan ortiq ballistik raketalar va 30 dan ortiq qanotli raketalar mamlakatga hujum qilishga uringan, biroq Isroil va uning ittifoqchilari ularning 99 foizini, aksariyatini - mamlakat tashqarisida urib tushirishga muvaffaq bo‘lgan. Faqat bir nechta raketa Isroil hududiga yetib bordi, janubdagi aviabazaga tushib, «kichik zarar» keltirdi», deyiladi TsAHAL xabarida.
Erondan tashqari, Isroilga hujumlar Yaman husiychilari, shuningdek, Iroq hududidan eronparast guruhlar tomonidan amalga oshirilgan.
10 aprel kuni Tehron Isroilga Suriya poytaxti Damashqdagi Eron konsulligi binosiga uyushtirilgan hujum uchun javob qaytarish bilan tahdid qilgan edi. Hujum oqibatida Islom inqilobi muhofizlari korpusining yetti nafar a’zosi, jumladan, ikki general halok bo‘ldi. Shundan so‘ng Eronning oliy yetakchisi Oyatulloh Ali Xomanaiy «sionistik rejim jazolanishini» aytdi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
5,2 mingta mahallada o‘tgan 6 oyda birorta jinoyat sodir bo‘lmadi
O‘zbekiston | 14:03
-
Tramp mis importiga 50 foizlik bojlar haqida ma’lum qildi
Jahon | 13:56
-
Tramp va Netanyahuning Oq uydagi muhokamalari, «Tolibon»ga qarshi xalqaro bayonotlar va bosh ko‘tarayotgan Eron-Isroil ziddiyati – kun dayjesti
Jahon | 13:30
-
O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida readmissiya to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi
Jahon | 13:28
Mavzuga oid

13:05
Fransiya razvedkasi: Eronning yadroviy dasturi «uzoq vaqtga» kechiktirildi

05:05
TSAHAL ilk bor Eron hujumi oqibatida harbiy obektlarga shikast yetganini tan oldi - Reuters

21:29 / 08.07.2025
Eron Xitoydan havo hujumidan mudofaa tizimlarini sotib oldi - OAV

20:48 / 08.07.2025