Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Urgutda mashinasidan qoradori topilgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
YHXB xodimlari hujjatlarini tekshirish maqsadida “Kobalt” mashinasini to‘xtatishganda haydovchi o‘zini shubhali tutgan.

Foto: YHXB
Samarqand viloyati Urgut tumanida harakatlanib ketayotgan mashina YHXB xodimlari tomonidan to‘xtatilganda undan qoradori topilgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2024 yil 13 aprel kuni soat 17:50 larda Urgut tumani Navoiy shohko‘chasida harakatlanib kelayotgan “Kobalt” Urgut tumani IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan to‘xtatilgan.
Hujjatlarni ko‘zdan kechirish davomida haydovchi o‘zini shubhali tutgani sababli sohaviy xizmat xodimlari va xolislar ishtirokida mashinaning saloni ko‘zdan kechirilgan.
Shunda mashinada yelim paketga o‘ralgan to‘q jigar rangli, o‘tkir hidli yopishqoqsimon, taxminan og‘irligi 600 gramm bo‘lgan opiy giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Axborot sohasida nazorat va monitoring sobiq AOKAdan O‘zkomnazoratga o‘tdi
O‘zbekiston | 11:40
-
Putinning maslahatchisi: AQSh bilan muloqot davom etadi
Jahon | 11:27
-
Fuqarolarga ikkinchi oliy ta’lim olish uchun onlayn ariza yuborish tartibi joriy qilinadi
O‘zbekiston | 11:25
-
768 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan nodavlat ta’lim muassasasi aniqlandi
Jamiyat | 11:24
Mavzuga oid

10:00 / 13.07.2025
Toshkent propiskasining ochilishi, avtoterroristlarga chora va poraxo‘rlik “xit-paradi” - hafta dayjesti

16:22 / 10.07.2025
Alisher Qodirov ishlab chiqarilganiga 25-30 yildan oshgan mashinalarni iste’moldan chiqarishga chaqirdi

19:07 / 01.07.2025
YHXX: Haydovchi YPX xodimiga hujjatlarining aslini taqdim etishi shart

12:34 / 26.06.2025