Joriy yilning 12 aprel kuni soat 22:20 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Yangi O‘zbekiston ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi kuzatildi.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, 2005 yilda tug‘ilgan haydovchi I.Q. boshqaruvidagi “Monza” rusumli avtomashina, 1997 yilda tug‘ilgan haydovchi X.N. boshqaruvidagi BYD rusumli avtomashina, 1993 yilda tug‘ilgan haydovchi A.A. boshqaruvida bo‘lgan “Kobalt” rusumli avtomashinalar to‘qnashuvi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
“Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishni hamda oraliq masofani saqlab harakatlanishni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.