Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kuvayt O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga sarmoya kiritmoqchi
Kuvaytlik investorlar bilan hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Foto: O‘zA
O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida tegishli vazirlik va idoralar hamda Kuvaytning Marafie Group kompaniyasi vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".
Marafie Group holding kompaniyasi bosh direktori, Al-Tijaria kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Abdulhakim Marafi O‘zbekistonda turli sohalarda amalga oshirilayotgan investitsiyaviy loyihalarga sarmoyalar kiritishga tayyorligini ma’lum qildi.
"O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va ho‘l mevalardan turli konsentratlar tayyorlash, mehmonxona biznesi, bank, turizm va boshqa sohalarga sarmoya kiritishdan manfaatdormiz", dedi u.
Muzokaralar yakunida Marafie Group kompaniyasi delegatsiyasining joriy yil 14-15 aprel kunlari O‘zbekistonga biznes-missiyasini tashkil etish va va safar davomida Toshkentda sarmoya kiritishning aniq yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish bo‘yicha kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Air India Boeing 787 halokati bo‘yicha dastlabki hisobotni e’lon qildi
Jahon | 19:30
-
Shimoliy Koreya Ukrainadagi urush vaqtida Rossiyaga 12 milliondan ortiq snaryad yetkazib berdi
Jahon | 18:58
-
SpaceX Isroilga tegishli aloqa sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqdi
Jahon | 18:49
-
Isroilning G‘azoga zarbasi oqibatida suv uchun navbatda turgan bolalar halok bo‘ldi
Jahon | 18:31
Mavzuga oid

08:32 / 11.07.2025
Ummon, Kuvayt, Bahrayn va Qatarda "O‘zbekiston – Ipak yo‘li durdonasi" forumi bo‘lib o‘tdi

15:15 / 10.06.2025
Kuvayt Sirdaryoda tibbiyot yo‘nalishida loyihani amalga oshiradi

15:01 / 28.05.2025
Taniqli jurnalist va bloger O‘zbekistonning Kuvaytdagi turizm elchisi etib tayinlandi

10:12 / 20.05.2025