Toshkentda savdo rastasida yong‘in sodir bo‘ldi

O‘zbekiston 09:10 / 11.04.2024 3700

Kecha, 10 aprel kuni Toshkent shahar Yashnobod tumani tumanida yong‘in yuz berdi.

Toshkent shahar FVB xabariga ko‘ra, «Yangiqo‘rg‘on» MFY Tolariq ko‘chasida joylashgan ochiq pavilyon tarzida jihozlangan savdo rastasida 30 kvadrat metr maydonda eski buyumlar yongan.

Toshkent shahar FVBga soat 22:55 da xabar kelib tushib, aytilgan manzilga yong‘in qutqaruv bo‘linmalari soat 23:00 da yetib borib, yong‘in soat 23:07 da qurshab olingan va soat 23:09 da o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar va jarohat olganlar yo‘q.

Ko‘proq yangiliklar: