Toshkent shahridagi Bo‘rijar kanalida 3 kishi cho‘kib ketdi
Ayol va bola jasadi topildi, uchinchi shaxs qidirilmoqda.

Foto: Videodan kadr
Toshkent shahrining Chilonzor tumanidan oqib o‘tuvchi Bo‘rijar kanalida 3 kishi cho‘kib ketdi. Ularning biri hali ham qidirilmoqda. Bu haqda RTV kanalida lavha berildi.
Toshkent shahri FVB matbuot kotibining Kun.uz’ga xabar berishicha, baxtsiz hodisa 10 aprel kuni sodir bo‘lgan.
Dastlabki taxminlar va guvohlarning ko‘rsatmalariga ko‘ra, 5 yoshli bola kanal qirg‘og‘ida o‘ynab yurganida, ehtiyotsizlik oqibatida suvga tushib, oqib ketgan. Buni ko‘rgan ayol kishi uni qutqarmoqchi bo‘lib suvga tushgan va u ham kuchli oqim oqibatida suvga g‘arq bo‘lgan. Bunga guvoh bo‘lgan yana bir shaxs ularni qutqarmoqchi bo‘lib, suvga sakragan va oqimga dosh berolmay, cho‘kib ketgan.
Ayol va bola bir-biriga qarindosh emasligi ta’kidlanmoqda, ularning jasadi topilgan. Uchinchi shaxsning jasadi qidirilmoqda.
Mavzuga oid

09:50 / 09.05.2025
Toshkentda uchta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

23:21 / 08.05.2025
Toshkentning ayrim ko‘chalarida 9 may kuni transport vositalari harakati cheklanadi

14:56 / 06.05.2025
Toshkentda “zakladka” bilan shug‘ullangan talaba 12 yilga qamaldi

22:14 / 05.05.2025