Liliya Chanishevaning jazo muddati 9,5 yilgacha oshirildi

Jahon 16:02 / 10.04.2024 7643

Boshqirdiston Oliy sudi «ekstremistik» faoliyatda ayblanayotgan Aleksey Navalniyning Ufadagi shtabi sobiq rahbari Liliya Chanishevaga nisbatan jazoni kuchaytirdi. 9 aprel, seshanba kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish jamg‘armasi (FBK) direktori Ivan Jdanovning ma’lum qilishicha, umumiy rejimdagi koloniyadagi jazo muddati yetti yarim yildan to‘qqiz yarim yilgacha oshirilgan.

Ish bo‘yicha ikkinchi ayblanuvchi, ufalik faol Rustem Mulyukovga nisbatan chiqarilgan hukm o‘zgarishsiz qoldirildi – ikki yarim yillik qamoq jazosi, deb yozadi SotaVision. Sud majlisi yopiq eshiklar ortida o‘tdi.

Prokuratura mart oyi boshida Chanishevaga nisbatan jazoni kuchaytirishni talab qilgan. Prokurorlar avvalgi hukmni juda yengil deb hisoblab, uni 10 yilga ozodlikdan mahrum etishni so‘ragan. Shu bilan birga, «ekstremistik faoliyatga ommaviy chaqiriqlar»da ayblangan Mulyukovning ishi yangi sud muhokamasiga yuborildi. 

Liliya Chanishevaning ishi 

2023 yil iyun oyida Liliya Chanisheva Ufaning Kirov tuman sudi tomonidan «ekstremistik hamjamiyat yaratish», «ekstremizmga da’vat qilish», shuningdek, «shaxs va fuqarolarning erkinliklariga tajovuz qiluvchi NNT tuzish» ayblovlari bilan 7,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi. Prokuror Chanishevani 12 yilga ozodlikdan mahrum qilishni so‘radi. 

Yopiq sud majlisida so‘nggi so‘z bilan chiqish qilgan Chanisheva o‘zining jinoiy ishini siyosiy deb atadi hamda uni Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Boshqirdiston rahbari Radiy Xabirov tomonidan ta’qib qilinishi bilan bog‘ladi. «Ular uzoq vaqtdan beri har qanday norozilikni yo‘q qilishni, odamlar va hukumat o‘rtasida dushmanlik muhitini yaratmoqchi bo‘lganidan yagona maqsad - 2024 yilda hokimiyatni saqlab qolish. Lekin ular - korrupsiya, past maosh va pensiyalar, pasayib borayotgan iqtisodiyot va ko‘tarilgan narxlar. Ular - urush», dedi u. 

2017-2021 yillarda Aleksey Navalniyning Ufa shtabini boshqargan Chanisheva 2021 yilning kuzida Navalniy va uning sheriklariga qarshi qo‘zg‘atilgan «ekstremistik» jamoa tuzish bo‘yicha jinoiy ishda birinchi bo‘lib ushlangan edi. U 2021 yil noyabr oyida hibsga olingan va Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining uchta moddasi bilan ayblangan. 

Ko‘proq yangiliklar: