Prezidentning «Nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish va ushbu jarayonga tadbirkorlik sub’yektlarini jalb qilish imkoniyatlarini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Hujjatga ko‘ra, 2030 yil 1 yanvarga qadar yuridik shaxslarga o‘z mablag‘lari hisobidan nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari binolarini qurish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning foyda solig‘ini hisoblashda 2 yil davomida teng ulushlarda chegirib tashlash huquqi beriladi.
Bunda, nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlarini bepul o‘qishga qabul qilish bo‘yicha litsenziya talablari bajarilmagan taqdirda, chegirib qolingan foyda solig‘i summasi davlat budjetiga qaytariladi.