Ayrim qarorlarga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:
● tadbirkorlik sub’yektlarining Yagona davlat reyestrini kreditorlar uchun zarur bo‘ladigan qo‘shimcha ma’lumotlar bilan to‘ldirish;
● reyestrdan ko‘chirma olish yig‘imi miqdorini kamaytirish;
● yuridik shaxslarning vakolatxona va filiallarini tashkil etish (tugatish) haqida davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organni xabardor qilish tartibini joriy etish;
● ilgari berilgan reklama joyining pasportini yangi shakldagi reklama joyining pasportiga almashtirish uchun ariza topshirish muddatini Toshkent shahrida 2024 yil 1 iyunga qadar, qolgan hududlarda 2024 yil 1 iyulga qadar uzaytirish, tashqi reklama bo‘yicha tegishli to‘lov va yig‘imlardan oxirgi besh yil muddat uchun qarzdorlikni tadbirkor tomonidan 9 oy muddatga teng miqdorda bo‘lib to‘lash sharti bilan ilgari berilgan reklama joyining pasportini yangisiga almashtirish.
Tadbirkorlik sub’yektlari yagona davlat reyestri tadbirkorlik sub’yektlari (yuridik shaxslar tuzilganligi, qayta tashkil etilganligi, faoliyati to‘xtatilganligi, tugatilganligi, yakka tartibdagi tadbirkor tuzilganligi, faoliyati to‘xtatilganligi yoki tugatilganligi va ularga oid boshqa ma’lumotlar) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yurituvchi birlamchi ma’lumotlar bazasi hisoblanadi, banklar va kredit byurolariga tegishli ma’lumotlar bundan mustasno.
Adliya vazirligiga bir oy muddatda:
● tadbirkorlik sub’yektlari bo‘lgan yuridik shaxslarning vakolatxona va filiallarini tashkil etish (tugatish) haqida davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organni xabardor etish;
● avtomatlashtirilgan tizimda tadbirkorlik sub’yektlari haqida ma’lumotlar olish (qidirish) jarayonlarini soddalashtirish topshirilsin.