Startaplarga sarmoya kiritishga ixtisoslashgan Britaniya kompaniyasi Samarqandda vakolatxona ochadi

O‘zbekiston 10:51 / 08.04.2024 1176

"Dunyo" xabariga ko‘ra, muloqot chog‘ida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan startap loyihalarga Britaniyadan venchur investitsiyalarini jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Kiyan Zandiyaning aytishicha, kompaniya O‘zbekiston bilan yaqindan hamkorlik qilish, o‘zbek yoshlarining istiqbolli innovatsion g‘oyalari va startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning aprel oyida Samarqand viloyatida o‘z vakolatxonasini ochishni rejalashtirmoqda.

Britaniyalik hamkorlar, shuningdek, shu yilning 2-3 may kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan III Toshkent xalqaro investitsiya forumida qatnashishga tayyorligini tasdiqladi. 

Ko‘proq yangiliklar: