Ramazon hayitida jamoat transporti 4:00 dan 10:00 ga qadar bepul xizmat ko‘rsatadi

O‘zbekiston 20:28 / 08.04.2024 6359

Ramazon hayiti bayramining birinchi kuni (10 aprel) respublikadagi barcha jamoat transporti vositalari soat 4:00 dan 10:00 ga qadar aholiga bepul xizmat ko‘rsatadi. 

Bu haqda Vazirlar Mahkamasida Ramazon hayiti bayramini osoyishta va yuqori kayfiyatda o‘tkazishga bag‘ishlagan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilingan. 

Avvalroq, «Toshshahartransxizmat» AJ bayram kunlari avtobus saroylariga biriktirilgan avtobus yo‘nalishlarining faoliyati haqida ma’lumot berdi. 

Qayd qilinishicha, Ramazon hayiti (10 aprel) kuni avtobuslar soat 4:00 dan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi. 

Avvalroq Toshkent metropoliteni ham Ramazon hayiti kuni o‘z faoliyatini odatdagidan 1 soat oldin, ya’ni soat 4:00 da boshlashi haqida xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: