Qozog‘iston va O‘zbekiston fuqarolari uchun o‘zaro sayohat qilish shartlari yengillashtirildi

O‘zbekiston 18:29 / 06.04.2024 9194

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 6 aprel kuni «Qozog‘iston Respublikasi Hukumati va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida fuqarolarning o‘zaro sayohat qilish shartlari to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi 2000 yil 7 iyuldagi bayonnomani ratifikatsiya qilish haqida»gi qonunni imzoladi.

Qonunga ko‘ra, Qozog‘iston va O‘zbekiston fuqarolari, agar ularning ushbu mamlakatda bo‘lish muddati davlat chegarasidan o‘tgan paytdan boshlab 30 kalendar kunidan oshmasa, vakolatli organlarda ro‘yxatdan o‘tishi talab etilmaydi. Oldin bu muddat 5 kunga teng edi.

Ko‘proq yangiliklar: