Navoiy viloyati FVBga yangi boshliq tayinlandi

O‘zbekiston 13:36 / 06.04.2024 6945

Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i tayinlandi.

FVV xabariga ko‘ra, podpolkovnik Jasur Abramatov Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i sifatida ish boshladi.

Tayinlovga qadar podpolkovnik Jasur Abramatov Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘ining favqulodda vaziyatlar profilaktikasi bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Ko‘proq yangiliklar: