Bo‘stonliqda sinfdoshini kaltaklagan qizlarning ota-onasi javobgarlikka tortildi

O‘zbekiston 13:11 / 06.04.2024 12586

E.O. o‘z murojaatida maktabda sinfdoshlari tomonidan muttasil tazyiq va bullingga uchrayotgani, bu holatga maktab ma’muriyati ham, boshqa mas’ullar ham e’tiborsiz ekanini bildirdi.

Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Ichki ishlar organlari mazkur holatni o‘rgandi.

Bo‘stonliq tumani MMT bo‘limi o‘rganishi davomida joriy yilning 18 mart kuni informatika darsida E.O, S.M., M.K., K.V. (barchasi qizlar) o‘zaro gap talashib qolishgani, dars mashg‘ulotlari tugaganidan so‘ng nizoni hal qilishni kelishib, dars tugaganidan keyin maktab sinf xonasida yig‘ilib o‘zaro janjallashgani va 3 nafar qiz birgalikda E.O.ni urgani, uni turli haqoratli so‘zlar bilan kamsitgani ma’lum bo‘ldi.

Bo‘stonliq tumani «Markaziy» MFY profilaktika inspektori tomonidan bolalar o‘rtasidagi bu holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv olib borilib, voyaga yetmagan o‘quvchi qizlar E.O. va K.V.ga sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan va ularning yengil tan jarohati olgani aniqlangan.

Mazkur bulling holati yuzasidan K.V., S.M., M.K.ning ota-onalari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi 1- qismi (Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) asosida ma’muriy javobgarlikka tortildi. Qizlar bilan maxsus psixologik korreksion ish olib borish uchun psixolog biriktirilgan.

Maktab rahbariyati va inspektor-psixolog bolalar o‘rtasida bu kabi bulling holatlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tegishlicha ogohlantirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: