Finlandiya Rossiya bilan chegaralarini noma’lum muddatga yopdi

Jahon 12:00 / 05.04.2024 3906

Finlandiya hukumati Rossiya bilan quruqlikdagi chegarada nazorat-o‘tkazish punktlarini 15 apreldan boshlab noma’lum muddatga yopib qo‘yishga qaror qildi, deb xabar berdi mamlakat ichki ishlar vazirligi 4 aprel, payshanba kuni. Bundan tashqari, 15 apreldan boshlab dengiz orqali noqonuniy migratsiyaning oldini olish uchun Xaapasaari, Nuyyamaa porti va Santiodagi dengiz o‘tish punktlari yopiladi. «Qaror keyingi bildirishnomaga qadar kuchda qoladi, biroq zarur bo‘lganidan ortiq emas», — deyiladi IIV matbuot xizmati xabarida

RF bilan chegarani ochishda fin hukumati Rossiya tomonidan chegarani kesib o‘tib, Finlandiyadan boshpana so‘rayotgan uchinchi davlat fuqarolarining ommaviy noqonuniy migratsiyasi «qayta tiklanish xavfini» ko‘ryapti. «Rossiya tomonida Finlandiya chegarasi yaqinida Finlandiyaga qarshi ishlatilishi mumkin bo‘lgan yuzlab va ehtimol minglab odamlar bor», dedi ichki ishlar vaziri Mari Rantanen. Finlandiya rasmiylari Rossiyaning «migratsiyani instrumentallashtirish» siyosatini «gibrid hujum» va «uzoq muddatli tahdid» sifatida baholaydi. 

Hukumatning chegarani yopish haqidagi avvalgi qarori 14 aprelgacha amal qilgan. 

Rossiya-Finlandiya chegarasiga migrantlar oqimi 

2023 yil noyabrida Finlandiya tegishli hujjatlari bo‘lmagan muhojirlar oqimi tufayli Rossiya bilan quruqlikdagi chegarasini butunlay yopdi. Helsinki Moskvani uchinchi davlat fuqarolarini chegarani kesib o‘tishga undaganlikda aybladi. Bunga javoban Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova «Finlandiyaning chegaradagi vaziyat uchun javobgarlikni Rossiya zimmasiga yuklashga urinishini tushunarsiz bahonalar» deb atadi. 

Ko‘proq yangiliklar: