5 aprel kuni BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi Falastinning G‘azo bo‘lg‘asida sodir etgan ehtimoliy harbiy jinoyatlari uchun javobgarlikka tortishga chorlovchi rezolyutsiya qabul qildi. Bu haqda Reuters yozmoqda.
Hujjatni qo‘llab 28 davlat ovoz bergan. 13 davlat ovoz berishda ishtirok etmagan. AQSh, Germaniya va yana 4 davlat qarshi ovoz bergan. Rezolyutsiyada «jazosizlikka chek qo‘yish maqsadida inson huquqlari va xalqaro gumanitar huquqlarni cheklaganlik uchun jazo muqarrarligini ta’minlash zarurligi» aytilgan.
Matnda Isroilning bosib olingan Falastin yerlarida amalga oshirgan ehtimoliy harbiy jinoyatlari haqida ham so‘z boradi. Sky News'ning yozishicha, BMT kengashi rezolyutsiyasida davlatlar Isroilga qurol sotmaslik va yetkazib bermaslikka chaqirilgan.