“O‘zbekekspertiza” AJ ISO 37001 standarti bo‘yicha sertifikatlashtirish auditini muvaffaqiyatli yakunladi

O‘zbekiston 14:48 / 04.04.2024 832

O‘zbekiston prezidentining 2021 yil 6 iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida 2024 yil 2 aprel kuni “O‘zbekekspertiza” AJ korruptiyaga qarshi boshqaruv tizimining ISO 37001:2016 xalqaro standartiga muvofiqligi sertifikatini oldi.

Sertifikatni topshirish marosimida bosh auditor (MBA, IRCA) Ibragimov Riad Asimovich, Cert International direktori Xabibulin Marat Ramilevich, “O‘zbekekspertiza” AJ bosh direktori Grigoryans Artem Aleksandrovich, shuningdek, Jamiyat boshqarma va bo‘lim boshliqlari ishtirok etdi.

Ushbu sertifikat Korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga jamiyatning murosasiz munosabatini bildiradi va ariza beruvchilar hamda biznes hamkorlarning ishonchini oshirishga xizmat qiladi.

“O‘zbekekspertiza” aksiyadorlik jamiyati tomonidan xalqaro standartlar asosida faoliyat yurituvchi korrupsiyaga qarshi kurash tizimi ham joriy etilgan. Korrupsiyaga qarshi kurashish jamiyati boshqaruv tizimini ISO 37001:2016 xalqaro standarti talablariga muvofiqlashtirish maqsadida mahalliy mutaxassislar bilan birgalikda bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, korrupsiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan tahdid va xavf-xatarlar baholanib, ularni kamaytirish choralari belgilab olindi.

Pudratchilarni tekshirish, xodimlarga korrupsiyaga qarshi siyosatga muvofiqligi to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etish, yuqori xavf ostida bo‘lgan xodimlar ro‘yxatini yuritish kabi tizimli ishlar yo‘lga qo‘yildi.

Bu tizimda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan korrupsiya holatlarining oldini oladi hamda murojaat etuvchilarga ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida ko‘rsatilayotgan xizmatlar darajasini oshirishga xizmat qiladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish va bu borada aholi bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida “O‘zbekekspertiza” aksiyadorlik jamiyatida ishonch telefoni faoliyat ko‘rsatmoqda. Aloqa liniyalarida qo‘ng‘iroqlar 24/7 ochiq yoki anonim avtomatik tarzda qabul qilinadi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyat to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotni “O‘zbekekspertiza” AJning sayti www.expertiza.uz orqali olishingiz mumkin.

Telefon: +998 (90) 830-75-77

Reklama

Ko‘proq yangiliklar: