Ozarboyjon va Markaziy Osiyo davlatlari harbiylari qo‘shma mashq o‘tkazadi

Jahon 22:41 / 04.04.2024 6415

Ozarboyjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston qurolli kuchlari 2024 yilda «Birlestik – 2024» qo‘shma mashqlarni o‘tkazadi. Bu haqda Ozarboyjon Mudofaa vazirligi Armiya.az nashriga xabar berdi. 

Qozog‘istonning Oqtou shahrida bo‘lib o‘tgan konferensiyada mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish va galdagi vazifalar bilan bog‘liq qator masalalar muhokama qilingan. 

Mashqlar iyul oyida Qozog‘istonning Oymasha poligonida, shuningdek, Kaspiy dengizida joylashgan To‘qmoq burnida bo‘lib o‘tadi. U yerda «Qurolli to‘qnashuvlar joylarini aniqlash bo‘yicha jangovar tayyorgarlik vazifalarini amalga oshirish» tadbirlari o‘tkaziladi.

Ko‘proq yangiliklar: