NATO rahbari Ukrainadagi urushning ikkita ehtimoliy ssenariysini aytdi 

Jahon 23:07 / 04.04.2024 10237

NATO davlatlari Ukraina uchun kerakli miqdorda o‘q-dori va qurollarni to‘play olmasligini tan olmoqda. Bu Rossiyaning hujumini davom ettirishi va undan ham ko‘proq hududni egallashiga olib kelishi mumkin. Bu haqda NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg ma’lum qildi. 

«Jang maydonidagi vaziyat jiddiy. Endi ikkita ssenariy bo‘lishi mumkin: NATO ko‘proq yordam to‘plashi va Ukraina ko‘proq hududni qaytarib olishi, ikkinchi ssenariy – biz buni uddalay olmaymiz», dedi NATO bosh kotibi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, uzoq muddatli tinchlikka erishishning yagona yo‘li Rossiyaning jang maydonida g‘alaba qozonishiga yo‘l qo‘ymaslikdir. 

Stoltenbergning ta’kidlashicha, alyans Ukraina mojarosida ishtirok etmayapti va ishtirok etish niyatida emas. U NATO qo‘shinlarini Ukraina hududiga yuborish imkoniyatini rad etmoqda, chunki «Kiyev buni so‘ramagan». 

Avvalroq, NATO bosh kotibi Ukrainadagi harbiy amaliyotlar ittifoqchi davlatlar xavfsizligi uchun zarurligini, Kiyevga qurol yetkazib berish esa o‘z xavfsizligiga sarmoya ekanini aytgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: