Milliy gvardiya xodimlari bank binosiga kelgan soxta xodimni qo‘lga oldi 

O‘zbekiston 09:22 / 04.04.2024 7273

Joriy yilning 2 aprel kuni soat 09:30 larda Marg‘ilon shahrida joylashgan Biznesni rivojlantirish bankida xizmat vazifasini o‘tayotgan Qo‘riqlash bo‘limi xodimlari sergakligi tufayli Qo‘riqlash boshqarmasining dala kiyimida bank binosi ichida yurgan notanish shaxs qo‘lga olindi.

Olib borilgan dastlabki surishtiruv ishlari davomida, o‘zini Qo‘riqlash xizmati xodimi sifatida tanishtirgan ushbu shaxs aslida Marg‘ilon shahar Yangihayot mahallasida yashovchi 20 yoshli fuqaro Sh.X. ekani aniqlangan. 

Ushbu fuqaro Marg‘ilon shahar IIB mas’ul xodimlariga topshirilib, harbiy kiyim-kechaklari va boshqa anjomlari olib qo‘yilgan.

Ko‘proq yangiliklar: