Italiya O‘zbekiston tadqiqotchilarining loyihalarini moliyalashtiradi

O‘zbekiston 10:19 / 04.04.2024 752

"Dunyo" xabariga ko‘ra, muloqot davomida so‘nggi yillarda ikki mamlakat o‘rtasida oliy ta’lim yo‘nalishida erishilgan natijalar, hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Bugungi kunda ushbu sohadagi o‘zaro hamkorlik hujjatlarining umumiy soni 40 dan oshgani, shu jumladan Turin politexnika va Piza universitetlarining Toshkentdagi filiallari hamda Luidji Vanvitelli nomidagi Kampaniya universitetining Buxoro davlat tibbiyot institutida tashkil etilgan qo‘shma fakulteti faoliyati e’tirof etildi.

Tomonlar idoralararo anglashuv memorandumi doirasida O‘zbekiston tadqiqotchilarining loyihalarini Italiya tomonidan moliyalashtirilishi masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Shuningdek, ikki davlat oliy ta’lim vazirlari boshchiligidagi delegatsiyalarning almashinuvini, Italiyaning 10 ta yetakchi universitetlar rektorlaridan iborat delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifini amalga oshirish va uning doirasida Samarqandda O‘zbekiston-Italiya ta’lim forumini o‘tkazish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Ko‘proq yangiliklar: