Ikki hududda o‘qishga va ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxslar ushlandi 

O‘zbekiston 11:51 / 04.04.2024 1568

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Karmana tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro M.S. 2 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Navoiy Innovatsiyalar universitetining 3-bosqichiga imtihon sinovlarisiz o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 3 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, departamentning Denov tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda Sariosiyo tumanida yashovchi S.S. fuqaro A.Yu.ning ishonchiga kirib, uni 500 AQSh dollari evaziga tanishlari yordamida "Sharg‘un" ko‘mir koni AJga ishga kiritib qo‘yishini aytib, 6,3 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda

Ko‘proq yangiliklar: