Ukrainada UQKda xizmat qilish uchun «cheklangan darajada yaroqli» maqomi bekor qilindi

Jahon 10:21 / 03.04.2024 1826

2 aprel, seshanba kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy harbiy xizmatchilar va politsiyachilarning ijtimoiy himoyaga bo‘lgan huquqini ta’minlash to‘g‘risidagi qonunlarga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi qonun loyihasini imzoladi. Oliy radaning «Golos» fraksiyasi deputati Yaroslav Jyeleznyakning Telegram’da ma’lum qilishicha, ushbu o‘zgarishlardan biri harbiy xizmatga «cheklangan darajada yaroqli» deb topilgan erkaklar 9 oy ichida ikkinchi marta tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerak, chunki harbiy xizmat uchun cheklangan daraja bo‘yicha maqom bekor qilindi.

Ukrainaning «Fokus» internet-nashri ta’kidlashicha, qonunda harbiy xizmatni to‘liq bajarishga «qobiliyatli yoki qobiliyatsiz» bo‘lgan qoida saqlanib qolmoqda. Bu masala bo‘yicha qaror harbiy-tibbiy komissiya tomonidan qabul qilinadi.

Bundan tashqari, tuzatishlar «rahbariyat markazi» Rossiyada joylashgan diniy tashkilotlar vakillariga harbiy ruhoniy bo‘lishni taqiqlaydi. Bu, birinchi navbatda, Ukraina pravoslav cherkovining ruhoniylariga ta’sir qiladi. 

Safarbarlik uchun yosh chegarasi 25 yoshgacha pasaytirildi

Shu kuni Zelenskiy «Harbiy majburiyat to‘g‘risida»gi qonunga 25 va 26 yoshdagi erkaklarni safarbarlik chog‘ida muddatli harbiy xizmatga chaqirish imkonini beruvchi o‘zgartirishlar kirituvchi qonun loyihasini imzoladi. Shu paytgacha Ukrainada 27 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar uchun majburiy safarbarlik amal qilgan. 

Ukraina Oliy radasi 2023 yil may oyida safarbar qilinganda harbiy xizmatga chaqirilishda yosh chegarasini qisqartirishni nazarda tutuvchi tuzatishlarni qabul qildi. O‘sha yilning 5 iyunida ushbu qonun loyihasi imzolash uchun Zelenskiyga yuborilgan, ammo prezident uni faqat endi imzoladi.

Qonun loyihasini tayyorlashda Ukraina Mudofaa vazirligi uni safarbarlik zaxirasini to‘ldirish zarurati bilan asosladi. 

UQKda kuch yetishmasligi 

«RBK Ukraina»ning eslatishicha, Zelenskiy 2023 yil dekabr oyida harbiylardan jiddiy dalillar olgan taqdirdagina harbiy xizmat uchun yosh chegarasini 25 yoshga tushirishga tayyorligini aytgan edi. 

Rossiya QKning so‘nggi harbiy muvaffaqiyatlari fonida oxirgi haftalarda bir qator ekspertlar Ukraina armiyasida nafaqat g‘arb qurollari, balki, birinchi navbatda, odamlar kuchi yetishmasligiga e’tibor qaratdi. 

Ko‘proq yangiliklar: