O‘zbekistonga ikki oyda qancha elektromobil import qilingani aytildi 

Iqtisodiyot 11:59 / 03.04.2024 4782

O‘zbekiston 2024 yilning yanvar-fevral oylarida xorijdan qiymati 85,7 mln AQSh dollariga 3 502 ta elektromobil import qilgan.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, elektromobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2663 taga yoki 4 barobarga oshgan.

O‘zbekiston 2 oyda 7 ta xorijiy davlatdan elektromobil import qilgan.

2 oyda O‘zbekiston eng ko‘p elektromobil import qilgan davlatlar:

  • Xitoy – 3 479 ta;
  • BAA – 8 ta;
  • Hongkong – 5 ta.
Ko‘proq yangiliklar: