Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy safarbarlik yoshini pasaytirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Yangi qonun bilan safarbarlik yoshining yuqori chegarasi 27 yoshdan 25 yoshgacha tushirildi.

Foto: RIA Novosti
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy «Harbiy majburiyat to‘g‘risida»gi qonunga tegishli o‘zgartirishlar kiritish haqidagi qonunni imzoladi.
Uning avvalgi tahririda aytilishicha, Ukrainada harbiy holat davrida 18 yoshdan 27 yoshgacha bo‘lgan, harbiy xizmatni o‘tamagan erkaklarni safarbar qilish mumkin emas edi. Zelenskiy bir necha oy davomida ushbu qonunni imzolamadi. Ukraina parlamenti 2023 yil 30 mayda qonunni yoqlab ovoz bergan edi.
Yangi tahrirdagi qonun 18 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan, harbiy xizmatni o‘tamagan erkaklarni safarbar qilish mumkin emasligini nazarda tutadi.
7 fevral kuni Oliy Rada safarbarlik to‘g‘risidagi keng ko‘lamli qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Shuningdek, harbiy xizmatga chaqirilish yoshini 27 yoshdan 25 yoshga tushirish nazarda tutilgan. Ushbu hujjat, shuningdek, harbiy xizmatchilarni 36 oylik xizmatdan keyin demobilizatsiyani joriy qiladi, elektron chaqiruvlarni qonuniylashtiradi va harbiy xizmatga chaqirishni bekor qiladi, uni umumqo‘shin tayyorgarligi bilan almashtiradi.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Namanganda sigir yosh bolani suzib, o‘ldirib qo‘yishiga sal qoldi
O‘zbekiston | 16:19
-
Angrenda 14 yoshli qizga jinsiy zo‘ravonlik bo‘lgani aytilmoqda
O‘zbekiston | 16:13
-
Bojni iste’molchi to‘lamoqda. Noqonuniy importga zarba iPhone narxlarini oshirdi
O‘zbekiston | 16:05
-
Frontdagi vaziyat: Rossiya piyodalari Pokrovskka kira boshladi
Jahon | 16:02
Mavzuga oid

16:02
Frontdagi vaziyat: Rossiya piyodalari Pokrovskka kira boshladi

15:09
Ukrainada korrupsiyaga qarshi xizmatlar mustaqilligi bekor qilinishi mumkin

12:01
Ukrainada Mirage 2000 qiruvchi samolyoti halokatga uchradi

08:15