Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘lim tomonidan DXX va tuman gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda “Mo‘minxo‘ja” MFY hududidagi uyda yashovchi R.S. tijorat maqsadida tashkil etgan issiqxonani hech qanday hujjatsiz umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 587,9 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Shu kabi, departamentning Jomboy tuman bo‘lim tomonidan “O‘zenergoinspeksiya” viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda “T.” fermer xo‘jaligini norasmiy boshqarib kelgan N.I. fermer xo‘jaligi suv nasosini hech qanday hujjatsiz umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 260,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Departamentning Uchqo‘rg‘on tuman bo‘lim tomonidan “Uchqo‘rg‘on tumangaz” GTF xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda, D.S. MChJ rahbari R.S. novvoyxonani hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga ulab, jami 135,2 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.