Unda Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani, «Mirobod» MFY hududida istiqomat qiluvchi fuqaro I.E. tomonidan 6 dona BAOFENG BF-888S rusumli radioelektron vositalardan belgilangan tartibda ruxsatnoma rasmiylashtirmasdan foydalanayotgani aniqlandi.
Mazkur holat sabab, fuqaro tomonidan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishning belgilangan qoidalari hamda davlat va belgilangan tartibda o‘rnatilgan parametrlari talablari buzilgan.
Ushbu huquqbuzarlik sabablari «O‘zkomnazorat» inspeksiyasi Toshkent viloyat hududiy bo‘limi tomonidan o‘rganib chiqilib, «Radiochastota spektri to‘g‘risida»gi qonun 14-moddasi va «Radioelektron vositalarni sotib olish va (yoki) o‘rnatish, xorijdan olib kirish, ekspluatatsiya qilishga ruxsat etish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida»gi nizom hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 152-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy hujjatlar rasmiylashtirilib, jismoniy shaxsga nisbatan chora ko‘rilgan.