Andijondagi metan zapravka narxni sun’iy oshirgani uchun gaz ta’minotidan uzib qo‘yildi

O‘zbekiston 18:43 / 02.04.2024 12131

Andijon viloyatining Izboskan tumanidagi metan zapravka narxni asossiz oshirgani uchun gaz ta’minotidan uzib qo‘yildi. Bu haqda «O‘zenergoinspeksiya» matbuot xizmati xabar berdi.

Hukumat qarori bilan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida tabiiy gazni sotishda uning eng baland chakana narxi 2024 yil 1 iyungacha bir kub metr uchun 3 350 so‘m qilib belgilangandi. Bu talabga rioya qilmagan AGTKShlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilishi ma’lum qilingandi.

2 aprel kuni Andijon viloyati, Izboskan tumanida joylashgan «B.I.M» MChJga qarshli AGTKSh asossiz ravishda narxni oshirganlik holati yuzasidan kelib tushgan murojaat «O‘zenergoinspeksiya» Andijon viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘rganilgan.

O‘rganish natijasida ushbu metan zapravka mas’ullari ogohlantirilishiga qaramasdan, sun’iy ravishda narx oshirgani aniqlangan. Ushbu noqonuniy faoliyatga nisbatan tegishli choralar ko‘rilib, qoidabuzar iste’molchi tabiiy gaz tarmog‘idan uzilgan.

Ko‘proq yangiliklar: