Gidrometeorologiya xizmati agentligi 3–8 aprel kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik va havo haroratining o‘zgarishi sababli ayrim hududlarda qor ko‘chish xavfi yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida, jumladan:
- Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Shahrisabz, Qamashi tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Uzun, Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo tumanlarida;
- Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Nurobod, Qo‘shrabot tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal tumanlarida;
- Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent tumanlarida (Chotqol tizmasi tog‘lari);
- Namangan viloyati: Pop tumanida shunday hodisalar ro‘y berishi mumkin.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilarni hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘raldi.
Bundan avvalroq «O‘zgidromet» 3 aprel kuni vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi kutilayotgani haqida xabar bergandi.