Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahri IIBB firibgarlikning yangi turidan ogohlantirdi
Firibgarlar asosan keksalarga qo‘ng‘iroq qilib, farzandi yoki yaqin qarindoshi «avariya»ga uchragani, holatni hal qilish uchun pul kerakligini aytishmoqda.
Toshkent shahri Ichki ishlar bosh boshqarmasi telefon qo‘ng‘irog‘i orqali asosan qariyalarga nisbatan qilinayotgan firibgarlikning yangi turi paydo bo‘lganidan ogohlantirdi.

Bunda noma’lum shaxs qo‘ng‘iroq qilib, baqirib yig‘lagan ovozda «ona (yoki ota) men «avariya»ga uchradim, bu mening aybim bilan sodir bo‘ldi. Jabrlanuvchi og‘ir ahvolda, uni zudlik bilan operatsiya qilish kerak, meni qamab qo‘yishmoqchi», degan mazmunda gapiradi. So‘ng boshqa shaxs o‘zini tergovchi deb tanishtirib, yaqin qarindoshi, qizi yoki nabirasi avariya sababchisi bo‘lganini, hozir jinoyat ishi qo‘g‘atish va qamoqqa olish choralari ko‘rilayotganini aytib qo‘rqitadi. So‘ngra, jinoyat ishini qo‘zg‘atmaslik maqsadida go‘yo yo‘l transport hodisasi jabrlanuvchisi bilan kelishish uchun pul berish kerakligini aytadi. So‘ng jinoiy guruh a’zolaridan biri jabrlanuvchining uyiga yuboriladi.
Kuryyer yetib kelib, pullarni olib ketadi. U yuzini ko‘rsatmaslik uchun tibbiy niqob, ochki yoki parik taqqan bo‘ladi. Kuryyer pullarni olib ketganidan so‘ng ham telefonda gaplashayotgan jinoyatchilar vaqt cho‘zadi va bu orada voqea joyidan qochib qolishga harakat qiladi.
Qayd qilinishicha, bunday jinoiy guruh a’zolarining bir nechtasi ushlangan. Ularning bir nafari Qozog‘iston, ikki nafari Qirg‘iziston fuqarosidir. Holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 168-modasi (Firibgarlik) va 165-moddasi (Tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.
Toshkent shahri IIBB shunday qo‘ng‘iroq bo‘lganda, darhol telefonni o‘chirib, farzand bilan shaxsan bog‘lanib, holatni tekshirishni so‘ramoqda.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi
O‘zbekiston | 23:51 / 10.07.2025
-
Toshkentda suv quvuri kuchli bosim ostida yorilib ketdi, o‘zbekistonliklar tomonidan Shengen vizasi uchun topshirilgan arizalar soni oshdi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:48 / 10.07.2025
-
Zelenskiy Ukrainaning AQShdagi elchisini almashtirmoqchi ekanini tasdiqladi
Jahon | 23:42 / 10.07.2025
-
Rossiyalik fermerlar hosilni yig‘ish uchun migrantlar yetishmayotganidan shikoyat qildi
Jahon | 23:17 / 10.07.2025
Mavzuga oid

21:53 / 10.07.2025
“Medgorodok”dagi kabi voqea takrorlanmasligiga kafolat bormi?

18:33 / 10.07.2025
Bu yil Toshkent shahriga 8 milliard dollar investitsiya jalb qilinadi

16:51 / 10.07.2025
Toshkentda 26 ta ko‘cha tun-u kun ishlaydigan gavjum maskanga aylantiriladi

11:56 / 10.07.2025