Shohjahon Ergashev panamalik bokschini nokautga uchratdi

Sport 09:06 / 29.03.2024 17504

AQShning Michigan shtati Detroyt shahrida o‘tgan professional boks kechasida o‘zbekistonlik Shohjahon Ergashev ringga ko‘tarildi.

Boks oqshomining ikkinchi asosiy jangida o‘zbekistonlik professional bokschi, super yengil vaznda IBA kamari uchun sobiq da’vogar Shohjahon Ergashev panamalik Xuan Xuyertasni mag‘lubiyatga uchratdi.

Shohjahon Ergashev panamalik bokschini birinchi raundning o‘zida nokautga uchratishga muvaffaq bo‘ldi. 

O‘zbekistonlik bokschiga raqiblik qilgan ushbu sportchi o‘z vaqtida yengil vaznda bir qator yuqori natijalarga erishgan. 2012 yilgi London olimpiadasi ishtirokchisi sanaladi.  

U Shohjahon Ergashevdan faoliyatidagi beshinchi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.  

Ko‘proq yangiliklar: