«Crocus City Hall»ga uyushtirilgan hujum ortidan Tojikistonda 9 kishi ushlangan

Jahon 16:42 / 29.03.2024 29899

Ushlangan 9 kishining barchasi dushanba kuni Vahdat shahrida qo‘lga olingan va poytaxt Dushanbega yetkazilgan, deb xabar bergan agentlik manbasi. Shu hafta ichida Tojikistonga «Crocus City Hall»ga hujum qilgan to‘rt nafar gumondorning oila a’zolarini tergov qilish uchun Rossiyadan tergovchilar kelgan. Gumondorlarning oilalari Vahdat va Hisor shaharlar, shuningdek Ro‘dakiy tumanidan Dushanbega yetkazilgan.

«Asia Plus» nashri manbasiga ko‘ra, qarindoshlardar ayrimlari qo‘ib yuborilgan, ayrimlari esa hanuzgacha tergov qilinmoqda

Moskvada qo‘lga olingan gumondorlardan biri Saidakram Rajabalizoda Tojikistonning Vahdat tumanida tug‘ilgan. Teraktdan so‘ng Tojikiston hokimiyati Dushanbeda uning onasi, akasi, rafiqasi va ikki amakisini tergov qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossif FXX 23 mart kuni terakt yuzasidan tergov doirasida 11 kishi hibsga olinganini xabar qildi. Jumladan, to‘rt kishi — Saidakram Rajabalizoda, Dalerjon Mirzoyev, Faridun Shamsiddin va Muxammadsobir Fayzov — odamlarni ommaviy o‘ldirganlikda gumonlanmoqda. Ularning barchasi 24 mart kuni 2 oy qamoqqa olindi.

25 mart kuni sud yana uch kishi — aka ukalar Aminjon va Dilovar Islomovlar va ularning otasi Isroil Islomovni sudgacha qamoqqa olgan. Ular terakt uyushtirganlikda gumonlanayotganlarni avtomobil va turarjoy bilan ta’minlaganlikda ayblanmoqda.

Sakkizinchi odam — o‘zbek millatiga mansub qirg‘izistonlik 32 yoshli Alisher Qosimov 26 mart kuni may oyining oxirigacha qamoqqa olingan. U Faridun Shamsiddinga kvartirasini ijaraga berganlikda ayblanmoqda.

Rossiya Tergov qo‘mitasi yana bir gumondor qo‘lga olinganini xabar qildi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u «terrorchilarni moliyalashtirish sxemasida ishtirok etgan». Boshqa tafsilotlar keltirilmagan.

Ko‘proq yangiliklar: