Toshkentda yuz bergan janjal oqibatida 2 kishi tibbiyot muassasasiga murojaat qildi
Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta fuqarolar o‘zaro janjallashgani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Toshkent shahar IIBB mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Foto: IIV
Joriy yilning 27 mart kuni taxminan soat 16:00 larda Yashnobod tumani, Farg‘ona yo‘li 3-berk ko‘chasida 5 nafar fuqaro 1986 yilda tug‘ilgan E.A. va 1993 yilda tug‘ilgan X.A. bilan o‘zaro janjallashib ketgani aniqlangan. Janjal natijasida E.A. va X.A. tan jarohati olib, tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (“Bezorilik”) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Mavzuga oid

21:59 / 13.05.2025
Toshkentda o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 48 mln so‘m so‘ragan shaxs ushlandi

19:08 / 13.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi

09:50 / 09.05.2025
Toshkentda uchta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

23:21 / 08.05.2025