Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada yonilg‘i ishlab chiqarish dronlar hujumi tufayli kamaymoqda
Rosstat ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina dronlarining Rossiyadagi neftni qayta ishlash zavodlariga hujumlari benzin va dizel ishlab chiqarish hajmiga ta’sir qilishda davom etmoqda.

Foto: Alexander Ryumin/TASS/picture alliance
Rossiyada neftni qayta ishlash zavodlariga Ukraina dronlarining hujumlari tufayli haftalik benzin va dizel ishlab chiqarish qisqarishda davom etmoqda, deb yozadi «Novaya gazeta. Yevropa» 27 mart, chorshanba kuni Rosstat ma’lumotlariga tayanib.
Nashr hisob-kitoblariga ko‘ra, 18-24 mart kunlari, bir hafta davomida Rossiya neftni qayta ishlash zavodlarida 754,6 ming tonna benzin va 1,648 million tonna dizel yonilg‘isi ishlab chiqarilgan, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan mos ravishda 14,3 va 7 foizga kamdir.
Avvalroq «Kommersant» nashri Rossiyada 13-19 mart kunlari, bir hafta ichida benzin ishlab chiqarish avvalgi haftaga nisbatan 3,9 foizga, ishlab chiqarish rejasiga nisbatan esa 5,2 foizga kamaygani haqida xabar bergan edi. Bu Novgorod, Ryazan va Sizran neftni qayta ishlash zavodlariga uchuvchisiz uchoqlar hujumi natijasida benzin ishlab chiqarish kamaygan birinchi hafta bo‘ldi, deb ta’kidladi nashr. Shu bilan birga, zaxiralar tufayli ichki bozorga yetkazib berish bir xil darajada saqlanib qoldi, deb yozadi gazeta.
Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga Ukraina dronlari hujumi
Mart oyida Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga hujumlar kuchaydi. Xususan, 12 mart kuni Rossiyadagi eng yirik neftni qayta ishlash zavodlaridan biri – Nijyegorod zavodida yong‘in sodir bo‘ldi, 13 mart kuni esa UUA Ryazan neft zavodi va Rostov-Don yaqinidagi Novoshaxtinskiy neftni qayta ishlash zavodiga hujum qildi. 16 mart kuni dronlar Samara viloyatidagi ikkita neftni qayta ishlash zavodiga hujum qildi, hujumlardan so‘ng ikkala korxonada ham yong‘in yuz berdi. 17 martga o‘tar kechasi Slavyansk-Kuban shahridagi Slavyansk neftni qayta ishlash zavodiga dronlar hujum qilishga urindi va ulardan birining qulashi natijasida yong‘in sodir bo‘ldi.
«Novaya gazeta. Yevropa»ning hisob-kitoblariga ko‘ra, mart oyi o‘rtalariga kelib, Ukraina qurolli kuchlari tomonidan qilingan hujumlar Rossiyada ishlab chiqarilgan avtomobil yonilg‘isining taxminan oltidan bir qismiga (16 foiz) ta’sir ko‘rsatdi.
AQSh Ukrainani Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga hujumlarni to‘xtatishga chaqirdi
AQSh Ukraina hukumatini Rossiya energetika infratuzilmasiga hujumlarni to‘xtatishga chaqirdi, deb yozdi 22 mart kuni Financial Times (FT) gazetasi Oq uydagi o‘z manbalariga tayanib. Nashr ta’kidlaganidek, bu chaqiriq AQShning neft jahon narxlari oshishidan xavotiri, shuningdek, Rossiyaning RF g‘arbiy qismida joylashgan mamlakatning neftni qayta ishlash zavodlari, terminallari, omborlari va neft omborlariga qilingan hujumlarga javob choralari bilan bog‘liq.
Ukrainada neftni qayta ishlash zavodlari harbiy nuqtayi nazardan qonuniy nishon deb ko‘riladi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi
O‘zbekiston | 01:06
-
«Ruslar qandaydir tarixchi bilan keldi». NATO bosh kotibi Istanbuldagi Rossiya delegatsiyasi tarkibini tanqid qildi
Jahon | 00:58
-
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin
Jahon | 23:54 / 14.07.2025
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51 / 14.07.2025
Mavzuga oid

23:54 / 14.07.2025
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin

21:01 / 14.07.2025
Tramp Rossiyaga Ukraina bilan kelishuvga erishish uchun 50 kun muhlat bermoqchi

20:19 / 14.07.2025
Rossiya sudi yozuvchi Boris Akuninni sirtdan 14 yillik qamoqqa hukm qildi

19:03 / 14.07.2025