Qozog‘istonning bir qancha hududlari toshqinlar tufayli suv ostida qoldi 

Jahon 20:39 / 28.03.2024 10973

Qozog‘istonda suv toshqini tufayli Abay, Aqto‘be, Qo‘stanay va G‘arbiy Qozog‘iston viloyatlari aholisi evakuatsiya qilinmoqda. Bu haqda Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi. 

Qayd qilinishicha, hozirgacha 1400 nafardan ortiq odam o‘z uyini tashlab ketgan. Bular asosan havo haroratining keskin oshishi va bir necha kundan beri to‘xtamayotgan yomg‘ir tufayli suv bosgan kichik aholi punktlari aholisidir. 

Kecha tunda Qo‘stanay viloyatining Ekidin, Oqqisi, Qiziljuldiz, Yangiqala qishloqlari va to‘qqizta qo‘nalg‘a aholisi suv bosgan hududlardan evakuatsiya qilingan. Operatsiyada Mi-171Sh, Mi-17 va Mi-8 transport-jangovar vertolyotlari ekipajlari ishtirok etmoqda. 

Evakuatsiya qilinganlarning barchasi Orqaliq shahridagi evakuatsiya punktlariga yetkazildi, deb xabar qildi Qozog‘iston Mudofaa vazirligi. 

Qo‘stanay viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i Qayrat Qosim mintaqadagi vaziyatni izohlar ekan, bunday suv toshqini 1990 yildan beri bo‘lmaganini aytdi. 

«30 yildan ortiq hech kim bunaqasini ko‘rmagan! Yog‘ingarchilik juda tez boshlandi. Qor zaxirasi taxminan 200 foizni tashkil etdi, yer yuzi 40 sm dan 1 metrgacha muzladi, oqibatda suv singmadi va aholi punktlariga oqdi», dedi u. 

Ko‘proq yangiliklar: