Farg‘onada daraxt kesgan fuqaro 45 mln so‘m tovon to‘laydi va 100 tup daraxt ekadi
Shuningdek, unga kamida 3 yil davomida ushbu daraxtlarni parvarish qilish majburiyati yuklatilgan.

Foto: Ekologiya vazirligi
Farg‘ona shahridagi bolalar shifoxonasi hududida o‘rmon fondiga kirmaydigan ko‘p yillik qarag‘ay daraxti hech qanday ruxsatnomasiz kesib tashlandi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, daraxt shifoxona hududida texnik xodim M.I. tomonidan kesilgan. 18 mart kuni shahar ekologiya bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan daraxtlarni kesmaslik to‘g‘risida ogohlantirish xati berilgan. Ammo xodim bunga amal qilmagan.
Daraxt kesilishi oqibatida tabiatga 36 million 500 ming so‘m zarar yetkazilgan. Huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHM 25 baravari (8 million 500 ming so‘m) miqdorida jarima belgilangan. M.I. qilmishi uchun umumiy hisobda 45 million so‘m to‘lashi ta’kidlanmoqda.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining «Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish va ulardan foydalanish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaroriga asosan, huquqbuzarga 100 tup daraxt ko‘chatini kompensatsiya tarzida ekish hamda ularni kamida 3 yil parvarish qilish majburiyati yuklatilgan.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

15:26
Farg‘ona viloyati YHXB boshlig‘i ishdan olindi

09:20
Farg‘onadagi “ot o‘yinlar”, o‘g‘irlangan bankir va poraxo‘r sudya - hafta dayjesti

23:53 / 04.07.2025
Farg‘onada YPX xodimlari Malibu’ning jarimalarini asossiz bekor qilib kelgani aniqlandi

20:36 / 04.07.2025