2024 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonda 241,1 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-fevral oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi quyidagicha:
- avtomobil benzini – 241,1 ming tonna;
- ko‘mir – 659 ming tonna;
- neft – 118,5 ming tonna;
- gaz kondensati – 214,7 ming tonna;
- avtobus – 61 dona;
- yuk avtomobillari – 466 dona;
- avtomobil dvigatellari – 41 518 dona;
- yengil avtomobillar (maxsus yengil avtomobillardan tashqari) – 53 367 dona.