Shveytsariya banklari Rossiya fuqaroligiga ega shaxslarining hisoblarini yopa boshladi

Jahon 14:04 / 27.03.2024 5972

Shveytsariya banklari garchi bir vaqtning o‘zida boshqa davlat fuqaroligiga ega bo‘lsa ham, Rossiya fuqaroligiga ega shaxslarning hisob-raqamlarini yopa boshlagan. Bu haqda «Vedomosti» nashriga Shveytsariyadagi Leolex yuridik byurosi boshqaruvchi hamkori Roman Kudinov ma’lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, UBS va Credit Suisse banklarining qo‘shfuqarolikka ega bir necha mijozlari muammoga duchor bo‘lishgan. Ularning barchasi Shveytsariyada soliq to‘lashadi, Rossiyada esa hech qanday daromad olishmaydi va soliq ham to‘lashmaydi.

Ayni paytda Shveytsariya banklari o‘z mjozlarining Rossiya bilan har qanday aloqalariga jiddiy e’tibor beomoqda, deydi ITSWM kompaniyalar guruhining multioila ofisi hamkori Yekaterina Popova. Uning bu yilgi amaliyotida shunday hodisa ham bo‘lgan: banklardan biri tranzaksiyalarni tekshirish asnosida ko‘p yillar oldin Rossiyadagi qaynonasiga bir necha yuz yevro o‘tkazib bergan mijozning hisob-raqami yopilgan. Holbuki mijoz Rossiya fuqarosi bo‘lmagan.

Yana bir shveysar banki Rossiya fuqaroligini saqlab qolgan Isroilning bir necha fuqarosiga hisob varaq ochib berishni rad etgan, deydi Amond & Smith yuridik kompaniyasining bank amaliyoti rahbari Ivan Tixonenok. Uning so‘zlariga ko‘ra, banklar firmaning mijozlari bilan kelgusida ishlashda ulardan Rossiya fuqaroligidan voz kechganlikni hujjatlashtirilgan holda tasdiqlashni talab qila boshlashgan.

Yana bir bank esa Rossiyadagi konstalting kompaniyalaridan birining Shveytsariyada istiqomat guvohnomasi bo‘lgan rossiyalik fuqarosining hisob raqamini yopgan.

Shveytsariyadagi alohida banklarning qo‘shfuqarolikka ega rossiyaliklarning hisob raqamlarini yopish to‘g‘risidagi qarori komplayens nuqtayi nazardan amalga oshirilmoqda, degan Delcredere advokatlar hay’ati yuristi Artem Kasumyan. Uning qayd etishicha, mijozda Rossiya pasporti bo‘lishi bankni qo‘shimcha tekshiruvlar o‘tkazish uchun ortiqcha mablag‘ sarflashiga sabab bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: