O‘zbekiston va yana 5 jamoa hal qiluvchi bosqichda, Tojikistonni yana Iordaniya kutmoqda. JCh-2026 saralash 4-tur yakunlari haqida

Sport 17:57 / 27.03.2024 31801

26 mart kuni Osiyoda JCh-2026 ikkinchi saralash bosqich 4-turi doirasidagi uchrashuvlar o‘tkazildi. Tur yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston milliy jamoasi va yana 5 jamoa hal qiluvchi bosqich hamda Osiyo kubogi-2027 yo‘llanmasini naqd qilgan bo‘lsa, qolgan jamoalar bu masalani 5-turda hal qilish imkoniyatiga ega bo‘lib turibdi.

O‘zbekiston milliy jamoasi Hongkong ustidan yirik g‘alabaga (3:0) erishib, muddatdan oldin yakuniy bosqich va Saudiya Arabistonida o‘tadigan Osiyo kubogi-2027 yo‘llanmasiga ega chiqdi. Guruhimizdan Eron ham Turkmanistonni safarda yengib, yo‘llanmalarga ega chiqdi.

Seshanba kuni Iroq, Janubiy Koreya va Xitoy o‘z o‘yinida yirik g‘alabaga erishgan bo‘lsa-da, ular orasidan faqatgina iroqliklar muddatdan avval 3-saralash bosqich va Osiyo kubogi-2027 yo‘llanmasini naqd qildi.

Avstraliya Livanni tor-mor etib, keyingi bosqichga chiqqan bo‘lsa, 100 foizlik ko‘rsatkich qayd etayotgan Qatar va BAA ham muddatidan avval yo‘llanma sohibiga aylandi.

Shu tariqa, 6 jamoa – O‘zbekiston, Eron, Avstraliya, Iroq, Qatar va BAA JCh-2026 3-saralash bosqichi va Osiyo kubogi-2027 masalasini hal qildi.

Qirg‘iziston milliy jamoasi «Dinamo» forvardi Kojo Joelning het-trigi evaziga Xitoy Taypeyi ustidan yirik hisobda (5:1) g‘alabaga erishib, o‘z guruhida Ummonni to‘plar nisbatiga ko‘ra ortda qoldirdi va peshqadamga aylanib oldi. Qo‘shnilarimiz kelasi turda Bishkekda Malayziyani mag‘lub etsa, o‘z tarixida ilk marta 3-saralash bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishadi.

Osiyo kubogi mezboni Saudiya Arabistoni esa Dushanbeda Tojikiston bilan o‘yinda g‘alabani qo‘ldan chiqarib, keyingi bosqich masalasini iyun oyiga qoldirishga majbur bo‘ldi. Bu guruhdagi ikkinchi yo‘llanma uchun esa Iordaniya va Tojikiston kurash olib bormoqda. Qo‘shnilarimiz 5-tur doirasida 6 iyun kuni Iordaniya mehmoni bo‘ladi. Dushanbedagi bahsda Tojikiston so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqargan va bahs durang (1:1) natija bilan tugagandi. Ammandagi to‘qnashuv so‘nggi turlardagi asosiy qarama-qarshilikka aylanishi aniq. Zero, Iordaniya fevral oyida Osiyo kubogi chorakfinalida Tojikistonni 1:0 hisobida mag‘lub etib, turnirdan chiqarib yuborgandi. Tojiklar Osiyo kubogi finalchisiga qarshi bahsda Qatardagi alamli mag‘lubiyat uchun ham revansh olishga intiladi.

JCh-2026 ikkinchi saralash bosqich 4-tur natijalari:

4-tur natijalaridan keyingi guruhlardagi vaziyat:

5-tur. 6 iyun (payshanba)

Afg‘oniston – Qatar

Hindiston – Kuvayt

5-tur. 6 iyun (payshanba)

Myanma – Yaponiya

Shimoliy Koreya – Suriya

5-tur. 6 iyun (payshanba)

Singapur – Janubiy Koreya

Xitoy – Tailand

5-tur. 6 iyun (payshanba)

Qirg‘iziston – Malayziya

Xitoy Taypeyi – Ummon

5-tur. 6 iyun (payshanba)

O‘zbekiston – Turkmaniston

Hongkong – Eron

5-tur. 6 iyun (payshanba)

Indoneziya – Iroq

Vetnam – Filippin

5-tur. 6 iyun (payshanba)

Pokiston – Saudiya Arabistoni

Iordaniya – Tojikiston

5-tur. 6 iyun (payshanba)

Bahrayn – Yaman

Nepal – BAA

5-tur. 6 iyun (payshanba)

Falastin – Livan

Bangladesh – Avstraliya.

Ko‘proq yangiliklar: