Ukraina bo‘ylab zarbalar oqibatlari hamda protez qo‘l va oyoqlarga o‘rganayotgan jangchilar. Urush suratlari

Jahon 17:03 / 27.03.2024 17390

Ukrainadagi urushning 762-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Volodimir Zelenskiy Oleksiy Danilovni Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi bosh kotibi lavozimidan bo‘shatdi. Uning o‘rnini tashqi razvedka xizmatining sobiq rahbari Oleksandr Litvinenko egalladi.
  • «Xasta va orsiz mavjudot». Zelenskiy yana bir bor Ukraina «Krokus»dagi teraktga aloqadorligi haqida gapirgan Vladimir Putinga javob qaytardi.
  • Nikolay Patrushev va Aleksandr Bortnikov ham «Krokus»dagi teraktga Ukraina aloqadorligi to‘g‘risida gapirishdi. Shu bilan birga, Bloomberg ma’lumotiga ko‘ra, Putinning atrofidagilar amalda Kiyev teraktga aloqador deb hisoblamayapti.
  • Moskva sudi Ukraina xavfsizlik rahbari Vasiliy Malyukni teraktda ayblab, sirtdan hibsga oldi. U Ukraina maxsus xizmatlari Rossiya va Ukrainaning okkupatsiya qilingan hududlarida rossiyalik propagandachilar hamda ayirmachilarga qarshi suiqasdlar uyushtirganini tasdiqlagan.
  • Rossiya BMT Xavfsizlik kengashi sanksiyalarini chetlab o‘tgan holda Shimoliy Koreyaga neft yetkazib bera boshladi, deb yozadi Financial Times. Katta ehtimol bilan, bu barter Ukraina bilan urush uchun qurol-yarog‘ yetkazib berilgani evaziga amalga oshirilmoqda.
  • Rossiya Federal xavfsizlik xizmati «Rossiya ko‘ngillilar korpusi» tarafdorlari Samara oblastida terakt sodir etishga tayyorlangani haqida ma’lum qildi. Maxsus xizmatlar versiyasiga ko‘ra, qo‘lga olish chog‘ida «bomba portlab ketgan», gumonlanuvchi halok bo‘lgan.

Kun kadri. Buchadagi qurbonlar uchun yodgorlik

2022 yil mart oyi oxirida Rossiya qo‘shini Buchadan chekingandi — Kiyev oblastidagi bu kichik shahar Ukrainaga keng ko‘lamli bosqinning ilk kunlarida egallab olingandi. Okkupatsiya chog‘ida Buchada o‘nlab kishilar halok bo‘ldi, tinch aholi vakillarining jasadlari ko‘chalarda yotdi. Rossiya hukumati ko‘plab guvohliklarga qaramay, o‘z harbiy xizmatchilari Buchada qotilliklar sodir etganini inkor etadi. Buchadagi hodisalar haqida ijtimoiy tarmoqlarda qoldirilgan postlar uchun RFda Rossiya armiyasi to‘g‘risida «feyk» tarqatish bo‘yicha jinoiy ishlar ochilgan.

Sredi ubityx rossiyskimi voyennymi v Buche byl Svyatoslav Turovskiy. Yego otets Aleksandr vo vtoruyu godovshchinu smerti syna vozlojil tsvety na Yablonskoy ulitse, gde bylo naydeno telo syna
Vadim Ghirda / AP / Scanpix / LETA

Rossiya zarbalaridan keyin Xarkiv va Odessada blekaut

Rossiya qo‘shini Ukrainaning energetika infratuzilma obektlariga raketa zarbalari yo‘llashda va dronlar bilan hujum qilishda davom etmoqda. 22 mart kuni yopirilma zarbalar oqibatida Xarkiv va Odessada elektr ta’minoti uzilib qoldi. Energetiklar brigadalari Rossiya zarbalari oqibatlarini imkon qadar tezroq bartaraf etish uchun imkoniyat doirasidagi barcha ishlarni qilishmoqda, ammo iste’molchilarning bir qismi zarbalardan bir necha kun o‘tganidan keyin ham toksiz qolmoqda.

Xarkivda Rossiya zarbasidan keyin 700 mingga yaqin abonent elektrsiz qolgandi
Yan Dobronosov / Global Images Ukraine / Getty Images
Xarkivda elektrda harakatlanuvchi transport to‘xtatildi. Tramvay va trolleybuslar yo‘nalishlarida vaqtincha avtobuslar qo‘yildi
Ivan Samoilov for Gwara Media / Global Images Ukraine / Getty Images
Elektr o‘chishi tufayli Xarkivda turar joylarga suv uzatish tizimi to‘xtab qoldi, markaziy isitish tizimi ham ishlamadi
Adri Salido / Anadolu / ddp / Vida Press
26 mart kuni — raketa zarbasidan bir necha kun o‘tib ham Xarkivda elektr yo‘q edi
Vyacheslav Madiyevskyy / Reuters / Scanpix / LETA
Odessaga hujum qilgan va urib tushirilgan Rossiya droni parchalari 25 mart kuni elektr nimstansiyalardan biriga zarar yetkazdi. Bu shaharda 300 ming abonent elektrsiz qoldi
Viacheslav Onyshchenko / Global Images Ukraine / Getty Images
Rossiya zarbasi Odessa oblastidagi nimstansiyani ham ishdan chiqardi. Tarmoqqa yuklamani kamaytirish uchun Odessada elektr transport faoliyati to‘xtatilgan hamda sanoat korxonalari iste’moli uchun cheklovlar o‘rnatilgan.
Viacheslav Onyshchenko / Global Images Ukraine / Getty Images

Liman atrofidagi ukrain harbiylari

Donetsk oblastidagi Liman shahri — Ukraina qurolli kuchlari 2022 yil kuzida Rossiya qo‘shinidan qaytarib olgan shaharlardan biridir. Kuchli darajada vayron bo‘lgan Liman shahri atrofida hamon shiddatli janglar ketmoqda. Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabining 27 mart tongidagi hisobotida aytilishicha, o‘tgan kun davomida ukrain harbiylari Liman yo‘nalishida raqibning 13 hujumini qaytargan. Rossiya qo‘shini frontning bu uchastkasida aviatsiya ko‘magida yurish qilishga urinmoqda, ukrain harbiylari esa mudofaani ushlab turibdi.

Jose Colon / Anadolu / ddp / Vida Press
Jose Colon / Anadolu / ddp / Vida Press
Jose Colon / Anadolu / ddp / Vida Press
Jose Colon / Anadolu / ddp / Vida Press

Vuhledardagi vayrongarchiliklar

Vuhledar — Donetsk oblastidagi shahar bo‘lib, ikki yildan ortiq vaqtdan buyon harbiy harakatlar markazida bo‘lib qolmoqda. Shahar Rossiya qo‘shinlarining muntazam zarbalari tufayli vayron bo‘lgan.

Wolfgang Schwan / Anadolu / ddp / Vida Press
Vuhledarda mudofaani ushlab turgan ukrain harbiylari qatorida Ukraina QKning 79-alohida desant-shturm brigadasi ham bor
Wolfgang Schwan / Anadolu / ddp / Vida Press
Wolfgang Schwan / Anadolu / ddp / Vida Press
Keng ko‘lamli urushga qadar Vuhledarda 15 mingga yaqin kishi yashagan. Hozirda shahar vayronalarida bir necha yuz kishi qolgan
Wolfgang Schwan / Anadolu / ddp / Vida Press
Wolfgang Schwan / Anadolu / ddp / Vida Press

Qo‘l-oyog‘ini yo‘qotgan ukrain jangchilarining reabilitatsiya jarayoni

Kiyevda 2023 yildan Murakkab endoprotezlash, osteointegratsiya va bionika markazi faoliyat yuritib kelmoqda, bu yerda frontda yaralangan harbiy xizmatchilarga yordam ko‘rsatiladi. Markaz shifokorlari murakkab operatsiyalar o‘tkazishadi, jumladan qo‘l-oyoqlarni tiklashda osteointegratsiya deb ataluvchi eng yangi metodlar qo‘llanadi. Jarrohlik amaliyotlari va eng zamonaviy bionik protezlar uchun «Hayotni qutqarish markazi» xayriya tashkiloti yig‘gan mablag‘lardan ajratiladi.

Osteointegratsiya jarayonida kesib tashlangan a’zoning qolgan suyak qismiga metall implantat joylashtiriladi, unga esa maxsus moslashtirgich yordamida protez biriktiriladi.
Narciso Contreras / Anadolu / ddp / Vida Press
Politsiyachi va harbiy, 2015 yilda Debalsevodagi janglarda qo‘lidan ayrilgan Oleksandr Zozulyak Ukrainada eng birinchilardan bo‘lib osteointegratsiya bo‘yicha jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan bemorga aylandi
Narciso Contreras / Anadolu / ddp / Vida Press
Jarroh-ortoped, Murakkab endoprotezlash, osteointegratsiya va bionika markazi rahbari Oleksandr Galuzinskiyning aytishicha, operatsiyadan keyingi tiklanish jarayoni ikki oydan yarim yilgacha davom etadi
Narciso Contreras / Anadolu / ddp / Vida Press
«Osteointegratsiyada yaxshiroq boshqaruv imkoni paydo bo‘ladi, chunki protez to‘g‘ridan to‘g‘ri suyakka biriktirilgan. Shuningdek, og‘irlik to‘g‘ridan to‘g‘ri suyakka tushishi tuyg‘usi ham paydo bo‘ladi. Buning evaziga bemor yer yuzasini yaxshiroq sezadi hamda yurish va harakatlanishda o‘zini ishonchliroq his qiladi», — degan Galuzinskiy
Narciso Contreras / Anadolu / ddp / Vida Press

Kiyev o‘qqa tutilishi

Rossiya qo‘shini 24 mart kuni Kiyev bo‘ylab raketa zarbasi yo‘llagandi. Havo hujumidan mudofaa vositalari Ukraina poytaxti uzra ikkita ballistik raketani urib tushirgan. Kiyev meri Vitaliy Klichkoning ma’lumotiga ko‘ra, 10 kishi jarohat olgan.

Urib tushirilgan raketa parchalari Kiyevning Pechersk rayoni hududiga tushib, jumladan Dekorativ-amaliy san’at va dizayn akademiyasi binosini shikastlagan
Vadim Ghirda / AP / Scanpix / LETA
Sport zal, kongress-holl va ko‘rgazma markazi shikastlangan
Sergey Dolzhenko / EPA / Scanpix / LETA
Ruslan Kaniuka / Ukrinform / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Vadim Ghirda / AP / Scanpix / LETA
Bundan tashqari, Kiyev harbiy ma’muriyati xabariga ko‘ra, raketa parchalari Goloseyevskiy va Dniprovsk rayonlariga tushgan. Kiyevning Solomensk rayonida ko‘p qavatli uy shikastlangan
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Ko‘proq yangiliklar: