«IShID hamon katta tahdid bo‘lib turibdi» - Blinken Moskvadagi teraktga izoh berdi

Jahon 23:01 / 27.03.2024 12737
AQSh davlat kotibi Entoni Blinken va Iroq tashqi ishlar vaziri Fuad Hussayn. Foto: thenationalnews.com

Bu haqda Entoni Blinken Iroq tashqi ishlar vaziri Fuad Hussayn bilan uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilgan.

«Afsuski, bizga IShID hamon real tahdid bo‘lib qolayotganini eslatib turishibdi. O‘tgan yillar ichida bu tahdidga qarshi turish va uni kamaytirish borasida amalga oshirgan yaxshi ishlarimizga qaramasdan, bir necha kun avval Moskva ostonasidagi dahshatli hujum IShID hamon potensial katta kuch ekani va unga qarshi kurashishda davom etishimiz kerakligini eslatdi», — degan Blinken.

U ko‘plab insonlarning halok bo‘lganidan qayg‘uda ekanini bildirib, IShID qayta bosh ko‘tarmasligi uchun unga qarshi kurashishda davom etish kerakligini qayd etdi.

Fuad Hussayn ham 22 mart kuni sodir bo‘lgan terrorchilik aktini qoralab, IShID hamon xavfsizlikka hamda Yaqin Sharq va boshqa mintaqalardagi tinchlik jarayonlariga tahdid ekanini ta’kidladi.

Ko‘proq yangiliklar: