Viloyat hokimi tomonidan imzolangan qarorga ko‘ra, bunda «Mahalla yettiligi» a’zolarining ishga kelishini va ishdan ketishini hisobga olish, «Mahalla yettiligi» a’zolarining ishga kelishi va ishdan ketishi bo‘yicha davomatni (tabelni) yuritish mo‘ljallangan.
Shuningdek, «Mahalla yettiligi» a’zolarining ishga kelishini va ishdan ketishini hisobga olish daftari va davomat (tabel) hujjatini saqlash, «Mahalla yettiligi» a’zolari mehnatiga mahalla fuqarolar yig‘ini raisi tomonidan to‘ldirilgan tabel asosida haq to‘lanishi nazarda tutilmoqda.
Vazirlar Mahkamasining «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi:
- har bir mahalla fuqarolar yig‘ini huzurida mahalla raisi rahbarligida «Mahalla yettiligi» tashkil qilinishi;
- fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining namunaviy tuzilmasiga «Mahalla yettiligi» kiritilishi;
- «Mahalla yettiligi»ning funksiyalari, vazifalari, huquqlari va majburiyatlari belgilanishi.