O‘yin akkauntini sotishini aytib, fuqaroning pulini o‘zlashtirgan 20 yoshli yigit ushlandi 

Jamiyat 14:08 / 26.03.2024 10657

Toshkent shahar Uchtepa tumanida yashovchi 21 yoshli S.I. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 850 000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent viloyati Angren shahrida yashovchi 20 yoshli K.S. sodir etgani aniqlandi.

Gumonlanuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan, K.S, jabrlanuvchi S.I. bilan “Telegram” messenjerida tanishib, Mobile Legends Bang akkauntini sotishi haqida aytib uni aldab, o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartasiga 850 000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini o‘tkazib olgan va yozishmalarni o‘chirib yuborib, pullarini o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, K.S.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Qonunga muvofiq, JKning 168-moddasi 3-qismi “g” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Ko‘proq yangiliklar: