Toshkentda 10 yoshli o‘g‘lini qo‘shni bola bilan urishtirgan fuqaro yuzasidan ma’lumot berildi
Ijtimoiy tarmoqlarda «Ota o‘z farzandini boshqa bola bilan urishtirib, u bolani kaltakladi» sarlavhasi ostida video tarqaldi. Bolalar ombudsmani holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Foto: Bolalar ombudsmani
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 21 mart kuni Uchtepa tumanida 2014 yilda tug‘ilgan T.M. qo‘shnisi 2014 yilda tug‘ilgan X.K. bilan o‘zaro kelishmovchilik natijasida urishib turgan vaqtida T.M.ning otasi E.M. ularni o‘zaro janjalini kuzatib, bolalarni ajratish o‘rniga aksincha, o‘g‘li T.M.ga qo‘shnisi X.K.ni urishiga imkon yaratgan va o‘zi ham urishga ko‘maklashib, bolalar bir-birini kaltaklashiga sharoit yaratgan va janjalni davom ettirishga o‘g‘lini majbur qilgan.
Aniqlanishicha, voyaga yetmagan T.M. va X.K. o‘zaro janjal natijasida biron bir tan jarohati olmagan va tibbiy muolaja olish uchun tibbiy muassasaga murojaat etish zarurati bo‘lmagan.
Hozirda holat yuzasidan Uchtepa tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilib, bolaning otasi E.M.ning bunday harakatlariga huquqiy baho berilib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi (Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) bilan javobgarlikka tortish masalasi o‘rganilmoqda.
Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berilishi aytilgan.
Mavzuga oid

21:18 / 15.01.2025
Qarshi tuman IIB vaqtincha saqlash hibsxonasi faoliyati to‘xtatildi - ombudsman

10:21 / 02.01.2025
Uchtepa tumanidagi xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘ldi

16:09 / 01.01.2025
Rossiya va Ukraina ombudsmanlari harbiy asirlar bilan suhbatlashdi

10:11 / 06.12.2024