Toshkent shahar hokimligiga ko‘ra, bunda shahar gidrometeorologiya markazining ma’lumotlari va o‘rtacha sutkalik harorat 10 darajadan yuqori bo‘layotganligi inobatga olingan. Shunga muvofiq, joriy yilning 26 mart kunidan 2023-2024 yilgi isitish davri yakunlanishi ko‘zda tutilgan.
Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 15 iyuldagi “Kommunal xizmatlar ko‘rsatishni tasdiqlash qoidalari to‘g‘risida"gi 194-sonli qaroriga asosan isitish davri tashqi havoning o‘rtacha sutkalik harorati 8 darajadan yuqori bo‘lgan 5 kunlik davr tamom bo‘lgan kundan keyingi kundan tamomlanishi belgilangan.